«narxlar oshishi» tegli maqolalar


Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan — UzAuto Motors
12 mart 2024, 17:52

Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan — UzAuto Motors

UzAuto Motors Damas, Labo va Cobalt narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ta’kidladi. “Kontraktatsiya jarayoni olib borilmayotganini inobatga olib, chevrolet.uz saytidagi narxlar 2024-yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan”, — deyiladi xabarda.

“Faqat ish haqi 100 foizga oshmaydi, xolos”. Faollar — poyezd chiptalari narxi oshishi haqida
4 oktabr 2023, 15:24

“Faqat ish haqi 100 foizga oshmaydi, xolos”. Faollar — poyezd chiptalari narxi oshishi haqida

O‘zbekistonda 20-oktabrdan mahalliy poyezd chiptalari narxlarining tarif qismi 50 foizga, “Afrosiyob” chiptasi narxi 100 foizga oshadi. Tarmoqlar foydalanuvchilari esa “bir faqat oylik 100 foizga oshmasligini” kinoya qilib, narsh oshsa ham “chipta bemalolroq bo‘lib qolsa go‘rga edi”, demoqda.

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi 1-apreldan oshadi
31 mart 2023, 12:32

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi 1-apreldan oshadi

1-apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalarining narxlari oshadi. Endi kirish narxi 16 yoshdan kattalar uchun 35 000 so‘m, xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqaxo‘rlar hamda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 20 000 so‘m bo‘ladi. Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bolalar uchun esa bepul.

O‘zbekistonda aholi uchun «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
29 mart 2023, 16:45

O‘zbekistonda aholi uchun «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini 2023 yilda oshirish rejalashtirilmagan. «Lekin bu mazkur masalani muhokama qilmayapmiz degani emas. Turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz, ijtimoiy normalar muhokama qilinyapti», — dedi vazir o‘rinbosari.

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar metan narxining oshishiga sabab bo‘la olmaydi — Antimonopoliya qo‘mitasi
2 dekabr 2022, 16:08

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar metan narxining oshishiga sabab bo‘la olmaydi — Antimonopoliya qo‘mitasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi metan gaz narxlari nazoratga olinganini ma’lum qildi. Qo‘mita narxlarini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini eslatib o‘tdi.

«Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q». Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalaridagi vaziyat haqida
15 iyul 2022, 16:33

«Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q». Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalaridagi vaziyat haqida

Internetda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida metan narxi 3000−3100 so‘mgacha oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi gaz narxi eski tarifda qolganligi sababli «metan narxi oshganiga obyektiv sabablar yo‘qligini» ma’lum qildi. Vaziyatga «O‘ztransgaz» va Soliq qo‘mitasi ham munosabat bildirdi.

Narxlar keskin tebrangan davrda Antimonopoliya qo‘mitasi vakolatlari kengayadi
1 iyun 2022, 22:35

Narxlar keskin tebrangan davrda Antimonopoliya qo‘mitasi vakolatlari kengayadi

Prezident Antimonopoliya qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga qo‘shimcha vakolatlar yukladi. Ular narxlar keskin tebranadigan davrlarda korxonalar hududiga bevosita kirib, omborlaridagi mavjud zaxiralarni xatlovdan o‘tkazish hamda asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish, ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va boshqalar bo‘yicha majburiy taqdimnomalar kiritish huquqiga ega bo‘ldi.

Yangi tariflar bo‘yicha elektr energiya va gaz xarajatlari qanday o‘zgaradi?
31 may 2022, 17:53

Yangi tariflar bo‘yicha elektr energiya va gaz xarajatlari qanday o‘zgaradi?

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi gaz va elektr energiyasining yangi tariflari bo‘yicha aholining xarajatlari qanchaga oshishini hisoblab chiqdi. Agar energoresurslar iste’moli tabaqalashtirilgan tariflar doirasida qolsa, xarajatlar 8−10 foizga oshadi, deb ma’lum qildi vazirlik.

«Bu bizga ham ta’sir qilmay qolmaydi». Shavkat Mirziyoyev — dunyo bozoridagi vaziyat haqida
21 aprel 2022, 17:27

«Bu bizga ham ta’sir qilmay qolmaydi». Shavkat Mirziyoyev — dunyo bozoridagi vaziyat haqida

«Shakar zavodlarimiz ishlashi uchun xomashyoni Braziliyadan keltirar edik. Afsuski, hozirgi ayrim siyosiy vaziyatlar tufayli yo‘llar yopilib qolib, ishlar to‘xtadi», — deya ma’lum qildi prezident. U neft mahsulotlari 50 foiz, o‘simlik yog‘i esa 70 foizga qimmatlashganini qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev narx oshishi va inflyatsiyaning odamlar hayotiga salbiy ta’sirining oldini olish uchun yanada ko‘proq harakat qilish kerakligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Lada avtomobillari narxi bir oyda ikkinchi marta ko‘tarildi
16 mart 2022, 16:53

O‘zbekistonda Lada avtomobillari narxi bir oyda ikkinchi marta ko‘tarildi

Komponentlar tanqisligi fonida Rossiyaning «AvtoVAZ» avtokonserni Lada avtomobillari narxini o‘rtacha 8 foizga oshirdi. O‘zbekistonda ham avtomobillar 7−10 mln so‘mga qimmatlashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting